X-WOLF 150.
Haqiqiy quvvat va klassik dizayn muxlislari uchun. SYM oilasining eng kuchli vakillaridan biri.
Muddatli to'lov: 0% dan · 12 oyga · Batafsil →
HAQIQIY
DVIGATEL.
8500 ayl/daqiqada 12,2 ot kuchi (9,0 kVt) va 10.4 N·m burovchi moment — bu raqamlar emas, bu his. Og'ir yuk, qiyin yo'l, tik ko'tarilish — X-Wolf 150 hech qachon taslim bo'lmaydi.
YEGILMAS
DVIGATEL.
Keramika eskirishga, ekstremal ishqalanishga va qizib ketishga fenomenal darajada chidamli.
AQLLI
YONDIRISH.
SYM modellari zamonaviy C.D.I. (Kondensatorli Razryadli Yondirish) tizimi bilan jihozlangan — kondensatorning tez zaryad va razryad prinsipi asosida dvigatelga aniq vaqtda kuchli uchqun yetkaziladi.
IKKI XIL
UZATMALAR QUTISI.
X-Wolf 150 ikki xil 5 pog'onali uzatmalar qutisi bilan taklif etiladi: xalqaro va aylanma. Dvigatel, rama va jihozlar ikkala variantda bir xil — farq faqat uzatmalarni almashtirish sxemasida. O'zingizga qulay variantni tanlang.
I — XALQARO UZATMALAR QUTISI
Birinchi uzatma — pastga, ikkinchidan beshinchigacha — yuqoriga. Neytral birinchi va ikkinchi uzatma orasida joylashgan. Dunyodagi ko'pchilik mototsikllarda aynan shu sxema qo'llaniladi.
T — AYLANMA UZATMALAR QUTISI
Barcha uzatmalar bir yo'nalishda — pastga bosib almashtiriladi. Beshinchi uzatmadan keyin yana neytral keladi va aylana qaytadan boshlanadi.
NEGA X-WOLF 150?
80 SM KOMFORT O'RINDIQ
Keng va uzun 80 sm o'rindiq ikkala haydovchi ham yo'lovchiga uzoq safarlarda ham charchatmaydigan yuqori qulaylik ta'minlaydi.
12,5 LITRLI BAK
Katta 12,5 litrlik yoqilg'i baki bilan tez-tez to'xtamasdan uzoq masofalarni bosib o'tishingiz mumkin. Kamroq to'xtash — ko'proq yo'l.
YUKXONA VA KENGAYTIRILGAN TAYANCH
Kuchli metall yukxona va kengaytirilgan yo'lovchi oyoq tayanchlari — ko'p narsalar tashish va uzoq sayohatlar uchun ideal jihozlangan.
PO'LAT HIMOYA DUGLARI
Old po'lat himoya duglari dvigatel va ramkani tasodifiy yiqilishlarda ishonchli himoya qiladi — uzoq yillar xizmat qiladi.
PARAMETRLAR
| ⚙ DVIGATEL | |
| DVIGATEL TURI | 4-taktli, havo sovutishli |
| SIQISH DARAJASI | 9.9 : 1 |
| MAKSIMAL QUVVAT | 12,2 o.k. (9,0 kVt) @ 8500 ayl/daq |
| BUROVCHI MOMENT | 10.4 N·m @ 7500 ayl/daq |
| ISHGA TUSHIRISH | Elektr starter + kik-starter |
| MOY HAJMI | 1 litr |
| 🏍 TRANSMISSIYA VA PODVESKA | |
| UZATMALAR QUTISI | Mexanik, 5 pog'onali |
| ALMASHTIRISH SXEMASI | 1-N-2-3-4-5 (xalqaro) N-1-2-3-4-5-N (aylanma) |
| MODEL KODI | MR15E1-ZA-I MR15E1-ZA-T |
| SHLENG (DEBRIYAJ) | Ko'p diskli, yog' hammomida |
| OLD SUSPENZIYA | Teleskopik vilka |
| ORQA SUSPENZIYA | Ikki amortizator |
| 🛑 G'ILDIRAKLAR VA TORMOZLAR | |
| DISKLAR | Alyuminiy qotishma |
| SHINALAR | 18" (old va orqa) |
| TORMOZLAR | Disk/baraban (old) · Baraban (orqa) |
| 📏 GABARITLAR VA OG'IRLIK | |
| OG'IRLIK | 119–133 kg |
| BAK HAJMI | 12,5 litr |
| O'LCHAMLAR (U×K×B) | 1980 × 790 × 1055 mm |
| AKKUMLYATOR | 12V 7Ah |
X-WOLF 150 BILAN YO'LLARNI FATH ETING
Hozir ariza qoldiring va biz sizga eng ma'qul muddatli to'lov shartlarini taklif etamiz.